Yevropa Konferensiyalar ligasi finalida "Kristal Peles" klubi "Rayo Valekano"ni qabul qildi.
Bellashuv 1:0 hisobida "burgutlar"ning g'alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol 51-daqiqada Jan-Filipp Mateta hisobiga yozildi.
Shu tariqa, "Kristal Peles" Konferensiyalar ligasida g'olib chiqdi. Oliver Glasner esa ingliz klubidagi so'nggi bellashuvini o'tkazdi.
EKL. Final
Kristal Peles – Rayo Valekano 1:0
Gol: Mateta 51
Kristal Peles: Xenderson, Rid, Lakrua, Uorton, Kanvo, Munyos, Kamada, Mitchell, Sarr, Pino (Evann, 80), Mateta (Larsen, 76).
Rayo Valekano: Batalya, Lejon, Chavarria, Ratsiu, Siss, Martin, Lopes (Pedro, 62), de Frutos (Kamello, 70), Palason, Garsiya (Espino,70), Juravski.