Bugun
15
O'zbek

Glasner: "Bu fantastik kechada futbolchi va muxlislarimiz g'alabaga munosib edi"

Futbol
27 may, 23:30
"Kristal Pelas" bosh murabbiyi jamoasining Konferensiyalar Ligasidagi chempionligi haqida gapirdi.
Glasner: "Bu fantastik kechada futbolchi va muxlislarimiz g'alabaga munosib edi"
Foto: Getty Images
27.05.2026 FT Konferensiyalar ligasi Kristal Pelas Kristal Pelas 1 : 0 Rayo Vallecano Rayo Vallecano

"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glasner jamoasining Konferensiyalar Ligasidagi chempionligi haqida fikr bildirdi. "Burgutlar" finalda "Rayo Valekano"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

"O'yin biz kutgandek kechdi, ammo meningcha, tanaffusdan keyingi 15 daqiqada ajoyib o'yin namoyish etdik. Uchrashuv oxirida esa juda yaxshi himoyalandik. Bu fantastik kechada futbolchi va muxlislarimiz g'alabaga munosib edi.

Men o'zimni shu jamoaning bir qismi deb bilaman. Murabbiy sifatida birgina o'zing hech narsaga erisha olmaysan. Senga kuchli shtab va eng muhimi, ajoyib futbolchilar kerak.

Bizning jamoa aynan shunday. Ular doimo birdam bo'lib, qattiq mehnat qilishadi. Ilk kundanoq futbolchilarga shunchaki mehnat qilsang, barchasiga erishish mumkin ekanini uqtirdik.

Dushanba kuni Londonda 34 daraja issiq edi, men taxminan soat 17:00 da ketdim, Mateta va Mitchell esa o'sha paytda ham mashg'ulotda edi. Bu futbolchilarning finalga bo'lgan munosabatini ko'rsatadi.

Ular juda ko'p mehnat qiladi va shu sababli biz yana bir sovrinni qo'lga kirita oldik", — dedi Glasner TNT Sports'ga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kristal Pelas Kristal Pelas
  • Rayo Vallecano Rayo Vallecano
  • Konferensiyalar ligasi Konferensiyalar ligasi
Bugungi yangiliklar