Bugun
15
O'zbek

Glasner: "Kristal Pales" finalda gʻalaba qozonsa, bu shunchaki aqlbovar qilmas voqea boʻladi"

Futbol
27 may, 10:27
Murabbiy final oldidan oʻz fikrlarini bildirdi.
Glasner: "Kristal Pales" finalda gʻalaba qozonsa, bu shunchaki aqlbovar qilmas voqea boʻladi"
Фото: Getty Images
27.05.2026 FT Konferensiyalar ligasi Kristal Pelas Kristal Pelas 1 : 0 Rayo Vallecano Rayo Vallecano

"Kristal Pales" bosh murabbiyi Oliver Glasner Konferensiyalar ligasi finalidan oʻrin olgan "Rayo Valekano"ga qarshi bahs oldidan oʻz fikrlarini bildirdi.

"Ketishimni eʼlon qilganimdan soʻng jamoa tushkunlikka tushib, harakatdan toʻxtab qolganda, oʻz ishini mutlaqo muvaffaqiyatsiz deb hisoblagan boʻlardim. Yigitlarga bir gapni doim takrorlayman: "Sizlar murabbiy uchun oʻynamaysizlar". Ular oʻzlari, jamoa, muxlislar va klub nomi uchun maydonga tushadi. Agar Konferensiyalar ligasi kubogini qoʻlga kiritsak, bu yerda qoladigan barcha futbolchilar va muxlislarimiz uchun katta bonus boʻladi.

"Kristal Pales" kelasi mavsumda yana evrokuboklarda ishtirok etadi. Bu klub nomi uchun qilinadi.

Ikki yillikdan ortiq davom etgan sayohatni yana bir sovrin bilan yakunlash, ustiga-ustak bu kubok "Kristal Pales" tarixidagi ilk evrokubok boʻlishi — bu shunchaki aqlbovar qilmas voqea boʻlardi", — deya Glasnerning soʻzlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kristal Pelas Kristal Pelas
  • Rayo Vallecano Rayo Vallecano
  • Konferensiyalar ligasi Konferensiyalar ligasi
Bugungi yangiliklar