Bugun
27
O'zbek

Geyjining menejeri: «Jastin Topuriya bilan jang qilmaydi»

MMA
23 sentabr, 13:24
Ali Abdul Azizning fikricha, amerikalik chempion gruziyalik jangchini 10 ta to‘qnashuvdan 9 tasida yengadi.
Geyjining menejeri: «Jastin Topuriya bilan jang qilmaydi»
Foto: Getty Images

UFC chempioni Jastin Geyjining menejeri Ali Abdul Aziz Ilya Topuriyaga qarshi revansh bo‘lishi ehtimolini istisno qildi.

«Agar Topuriya Geyjining qo‘lqoplarida toshlar bo‘lganini aytgan bo‘lsa, bu — kompliment. Jastin juda qattiq zarba beradi. Bu gapi uchun undan xafa bo‘lmoqchi emasman. Las-Vegas, Vashington va Kaliforniyadan uchta komissiya qo‘lqoplarni tekshirgan. Topuriya bu gapni Sarukyan va Ruffi jangi haftasida, ularning e’tiborini chalg‘itish uchun aytdi. Konor Makgregor ham shunday qilgan.

Topuriya qaytganida, Paddi Pimblett yoki Arman Sarukyan bilan jang qiladi. U keyingi jangini Geyjiga qarshi o‘tkazmaydi. Geyji uni o‘nta jangdan to‘qqiztasida mag‘lub etadi. Jastin uning zaif tomonlarini biladi. Ilya g‘alabaga yaqin kelgandi, ammo uni qo‘lga kirita olmadi. Bu jang bo‘lmaydi»
, — dedi Abdul Aziz.

Avvalroq Geyji yil oxirigacha jang qilmasligini aytgandi.

Bugungi yangiliklar