"Manchester Yunayted" vingeri Alejandro Garnacho "Chelsi" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.
Insayder Fabrizio Romanoning ma'lum qilishicha, argentinalik 21 yoshli futbolchi boshqa variantlarni ko‘rib chiqmaydi.
Endilikda ikki klub futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi.
Ma'lumot uchun, Garnacho o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 58 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.
Avvalroq "MYU" Garnachoning narxini 50 million funtga tushirgani xabar qilingandi.