Bugun
30
O'zbek

«MYU» Garnachoning narxini 50 million funtga tushirdi

Futbol
7 avgust, 15:00
Hozirda argentinalik futbolchiga «Chelsi» qiziqish bildirmoqda.
«MYU» Garnachoning narxini 50 million funtga tushirdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» «Chelsi» qiziqish bildirayotgan Alexandro Garnachoning sotuvidan 50 million funt sterling ishlab olmoqchi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, «qizil iblislar» argentinalik futbolchi uchun o'tgan qishda 60 million funt so'rayotgandi.

Qayd etilishicha, «aristokratlar» ayni damda mankunianliklar bilan futbolchining narxini yanada pasaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Ma'lumot uchun, Garnacho o'tgan mavsum barcha turnirlarda 58 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.

Bugungi yangiliklar