Live
4
O'zbek

Garnacho "Chelsea" futbolchisiga aylandi

Futbol
30 avgust, 13:47
London klubi argentinalik futbolchining transferini e'lon qildi.
Garnacho "Chelsea" futbolchisiga aylandi
Foto: Chelsea FC

"Manchester United" vingeri Alejandro Garnacho "Chelsea" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

London klubi argentinalik futbolchining transferini rasman e'lon qildi. Tomonlar 2032 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Bitim qiymati 40 million funt sterlingni tashkil etadi. Shuningdek, "qizil iblislar" argentinalik futbolchi keyinchalik yana sotilsa, transferdan 10% ulush oladi.

O'tgan mavsum APLda argentinalik futbolchi 36 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta assist qayd etgan. Avvalroq Garnacho "Bavariya" taklifini rad etgani ma'lum qilingandi.

Bugungi yangiliklar