Tayson Fyuri Arslanbek Mahmudov ustidan qozongan gʻalabasidan soʻng Entoni Joshuani jangga chaqirdi.
«Endi men sizlarga uzoq kutilgan jangni taqdim etmoqchiman. Entoni Joshua, kel, muxlislar istaganini beraylik. Sen mening chaqiruvimni qabul qilasanmi?» – dedi Fyuri.
Britaniyalik bokschi Mahmudoovni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi. Bu jang u uchun 2024 yil dekabridan beri birinchisi bo‘ldi — o‘shanda u hakamlar qarori bilan Aleksandr Usikka yutqazgandi.
