Live
1
O'zbek

Fransiya milliy jamoasi bo‘lajak JCH-2026 uchun libosini namoyish qildi

Futbol
24 mart, 17:29
Fransuzlar odatdagidek to‘q ko‘k rangli liboslarda harakat qilishadi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Fransiya milliy jamoasi bo‘lajak JCH-2026 uchun libosini namoyish qildi
Foto: Getty Images

Fransiya futbol Federatsiyasi (FFF) va Nike milliy jamoaning bo‘lajak mundial uchun yangi liboslarini taqdim etishdi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘k rangdagi uy libosi yuksak marralarni ko‘zlagan avlodni anglatadi, yashil-kulrang safar libosi esa «Liberte» (Ozodlik) — Fransiya va AQSH o‘rtasidagi do‘stlikni ifodalovchi bu yil nishonlanadigan Amerika mustaqilligining yuz yilligiga bag‘ishlangan Ozodlik haykaliga hurmat.

Futbolchilar 26-mart kuni Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ilk bor yangi safar liboslari to‘plamidan foydalanadi, yangi uy liboslari to‘plami esa 29 sanada Kolumbiya bilan bahsda ishlatiladi. Rejaga ko‘ra, har ikki to‘qnashuv AQSHda bo‘lib o‘tadi.

Bugungi yangiliklar