Fransiya kubogi yarimfinalining dastlabki bellashuvi yakuniga yetdi.
"Lans" klubi "Tuluzani" qabul qilib, 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlar safida gollar Toven, Sen-Maksimen, Yudol va Tomasson hisobiga yozildi.
Shu tariqa, "Lans" Fransiya kubogining ilk finalchiga aylandi. Ikkinchi finalchi "Strasburg" va "Nitssa" o'yinida aniqlanadi.
Fransiya kubogi. Yarimfinal
Lans – Tuluz 4:1
Gollar: Toven 9, Sen-Maksimen 18, Yudol 35, Tomasson 75 – Massa 21