Bugun
25
O'zbek

FIFA Series. O‘zbekiston Gabonni iroda bilan yengdi

Futbol
27 mart, 11:58
Shomurodov 44-golini urdi.
FIFA Series. O‘zbekiston Gabonni iroda bilan yengdi
Фото: ЎФА

FIFA Series 1-turida O‘zbekiston milliy jamoasi Gabon bilan kuch sinashdi.

Dastlab afrikaliklar 6-daqiqada hisobni ochdi. 13-daqiqada Eldor Shomurodov muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘limning 59-daqiqasida Jahongir O‘rozov hisobda oldinga olib chiqdi. 90+4-daqiqada Alisher Odilov yakuniy nuqtani qo‘ydi, - 3:1.

Shu tariqa, Fabio Kannavaro boshqaruvidagi milliy jamoasi turnirni g‘alaba bilan boshladi. Endilikda ular 2-tur bahsini 30 mart kuni Venesuelaga qarshi o‘tkazadi. Janubiy Amerika vakilli Trinidad va Tobago ni 4:1 hisobida yengishga muvaffaq bo‘lgan edi.

FIFA Series. 1-tur
O‘zbekiston – Gabon 3:1
Gollar: Eldor Shomurodov 13, Jahongir O‘rozov 59, Alisher Odilov, 90+4 – Teddi Averlent 6
O‘zbekiston: 1.Utkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov (20.Behruz Karimov, 76), 5.Rustam Ashurmatov, 7.Otabek Shukurov, 9.Odil Hamrobekov (6.Akmal Mozgovoy, 76), 10.Aziz G‘aniev (17.Doston Hamdamov, 76), 11.Oston O‘runov (18.Alisher Odilov, 76), 13.Sherzod Nasrullayev, 14.Eldor Shomurodov (21.Igor Sergeyev, 88), 15.Umar Eshmurodov, 24.Jahongir O‘rozov.

Bugungi yangiliklar