Live
4
O'zbek

Eze "Tottenhem"ga o‘tishga yaqin

Futbol
16 avgust, 05:58
Muzokaralar davom etmoqda.
Eze "Tottenhem"ga o‘tishga yaqin
Фото: Getty Images

"Kristal Pelas" vingeri Eberechi Eze faoliyatini "Tottenhem"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sebastyan Vidal xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "shporlar" 27 yoshli angliyalik futbolchining transferiga jiddiy e'tibor qaratgan. Muzokaralar davom etmoqda.

Qayd etilishicha, futbolchining agentlari ham bu transferni amalga oshirish uchun o‘zlarining xizmat haqlaridan voz kechishga tayyorligini bildirgan.

Shuningdek, "Arsenal" ham Eze uchun kurashmoqda. "To‘pchilar" uning transferiga 70 million yevro sarflashga tayyor ekani xabar qilingandi.

O‘tgan mavsumda Eze barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda ishtirok etib, 14 gol va 11 assist amalga oshirdi. Futbolchining jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.

Bugungi yangiliklar