Qirg‘iziston chempionati ham yil sayin o‘z saviyasini oshirib bormoqda. Bu mavsumda ishtirokchilar soni 14 taga yetkazildi. Hukumat tomonidan klublar moliyalashtirildi. Natijada legionerlar soni ham ko‘paydi. Ayniqsa, klublarning o‘zbekistonlik futbolchilarga bo‘lgan e’tibori ortdi.
Shuningdek, ayrim jamoalarda o‘zbek mutaxassislari ham faoliyat yuritmoqda. Bunda Islom Ahmedov, Lutfullo Majidov kabi murabbiylarni ko‘rish mumkin.
Jamoalarda Ildar Mamatkazin, Abdug‘ani Kamolov, Javohir Sohibov, Izzat Abdullayev, Andrey Sidorov kabi nomdor futbolchilar ham to‘p surmoqda.
Quyida jamoalarda o‘ynayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing:
«Dordoy»: Talgat Nigmatullin
«Alay»: Mirzohid Mamathanov, Jamshid Qobulov, Ildar Mamatkazin, Ismoil Abdurahmonov, Sarvar Ablaev.
«Abdish-Ata»: Muhammadali Tursunov

«Neftchi»: Alijon Alijonov, Sirojiddin Bashriddinov, Farhod Mirahmatov, Shohruh Abdumannopov
«Muras United»: Aziz Kashibkhanov
«Ozgon»: Islom Abdullayev, Izzat Abdullayev, Javohir Sohibov,
«Talant»: Nurmuhammad Toshpulatov, Ulug‘bek Sharipov,
«Bishkek City»: Abdug‘ani Kamolov

«Asiagol»: Timur Nabiyev, Azamat Maksumov
«OshMU»: Maradona Safarov, Jasurbek Umurzaqov, Shukurjon Rustamjonov, Po‘lat Sharifov, Behruz Shodmonov, Sherzod Qodirov, Andrey Sidorov

«Ilbirs»: Dadakhon Yusupov
Murabbiylar
«Asiagol»: Islom Ahmedov
«OshMU»: Lutfullo Majidov
