Transfermarkt portali so‘nggi vaqtlarda turli chempionatlarda to‘p tepayotgan futbolchilarning transfer qiymatlarini yangiladi.
Dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingida top-10 ichida katta o‘zgarishlar kuzatilmadi. Biroq Vinisius Juniorning transfer qiymatida biroz pasayish kuzatildi va u 10-o‘ringa tushib qoldi.
Transfermarkt talqiniga ko‘ra, ayni paytda dunyoning eng qimmat 10 futbolchisi:
1. Lamin Yamal — 220 mln yevro.
2. Erling Holand — 220 mln yevro.
3. Kilian Mbappe — 200 mln yevro.
4. Maykl Olise — 180 mln yevro.
5. Jud Bellingham — 160 mln yevro.
6. Pedri — 150 mln yevro.
7. Joau Nevesh — 140 mln yevro.
8. Xvicha Kvaratsxeliya — 140 mln yevro.
9. Vitinya — 140 mln yevro.
10. Vinisius Junior — 130 mln yevro.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi