"Napoli" yarimhimoyachisi Kevin de Bruyne Belgiya milliy jamoasidagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"Men mashg'ulotlarda tinmay ishlayapman va yuqori sport formasiga kirib boryapman. Hozir o'zimni ancha yaxshi his qilyapman.
Milliy jamoadagi faoliyatimga kelsak, jahon chempionatidan keyin ketishni rejalashtirmayman. O'zimni yaxshi his qilar ekanman, o'ynashda davom etaman", — dedi Kevin.
Bu mavsum 34 yoshli futbolchi A Seriyada 11 o'yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi. Avvalroq de Bruyne Chempionlar Ligasida assistlar bo'yicha yarimhimoyachilar orasida 5-o'ringa chiqqani ma'lum qilingan edi.