Chempionlar ligasining saralash bosqichining pley-off o'yinlari uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Unga ko'ra, ishtirokchilar quyidagi juftliklarda o'zaro bahs olib boradi:
«Levski» / «Qayrat» — AEK
«Dinamo Z» / «Kauno Jalgiris» — «Viking»
«Hapoel» Beer-Sheva / «Crvena Zvezda» — «Orhus» / «Sabah»
«Olimpiakos» / NEK «Neymegen» — «Union Sen-Jilluaz» / «Budyö-Glimt»
«Seltik» — LASK
«Möllbyu» / «Slovan» — «Ararat-Armenia» / «Tsele»
«Fenerbahche» / «Shturm» — «Sparta» / «Lion»
Pley-off bosqichining ilk uchrashuvlari 18–19 avgust kunlari bo'lib o'tadi. Javob o'yinlari esa 25–26 avgust sanalariga belgilangan.
Mazkur bosqich g'oliblari Chempionlar ligasining 2026/27 yilgi mavsumining umumiy guruh bosqichiga yo'llanma oladi.