Live
6
O'zbek

CAFA Nations Cup-2025. Qirg‘iziston ilk turda Turkmaniston bilan durang o‘ynadi

Futbol
30 avgust, 09:53
O‘zbekiston joy olgan guruhdagi ilk o‘yin yakuniga yetdi.
CAFA Nations Cup-2025. Qirg‘iziston ilk turda Turkmaniston bilan durang o‘ynadi
Foto: Kyrgyz Kurama

Toshkent va Dushanbe mezbonlik qilayotgan «CAFA Nations Cup-2025» turnirining 1-tur uchrashuvlari start oldi.

A guruhining birinchi uchrashuvida Qirg‘iziston milliy jamoasi Turkmaniston bilan kuch sinashib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 43-daqiqada Jumayev nominal mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 45-daqiqada Kojyo muvozanatni tikladi.

Avvalroq musobaqa doirasidagi ilk tur o‘yinida Tojikiston Hindistonga yutqazib qo‘ygani ma'lum qilingandi.

CAFA Nations Cup-2025. 1-tur
30 avgust. Toshkent
Qirg‘iziston – Turkmaniston 1:1
Gollar: Kojyo 45 – Jumayev 43.

Bugungi yangiliklar