Toshkent va Dushanbe mezbonlik qilayotgan «CAFA Nations Cup-2025» turnirining 1-tur uchrashuvlari start oldi.
A guruhining ikkinchi uchrashuvida mezbon O'zbekiston milliy jamoasi Ummon bilan kuch sinashib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Dastlab 4-daqiqadaoq Ar-Rahvani mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 55-daqiqada Erkinov muvozanatni tikladi.
Avvalroq O'zbekiston milliy jamoasi joy olgan guruhdagi ilk o'yinda Qirg'iziston Turkmaniston bilan durang o'ynagani ma'lum qilingandi.
CAFA Nations Cup-2025. 1-tur
30 avgust. Toshkent
O'zbekiston – Ummon 1:1
Gollar: Erkinov 55 – Ar-Rahvani 4.
O'zbekiston: 12.Abdavohid Ne'matov, 3.Xo'jiakbar Alijonov, 8.Jamshid Iskandrov ( 26.Diyor Holmatov,81), 9.Odil Hamrobekov (s), 13.Sherzod Nasrullaev ( 24.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 90+2), 15.Umarbek Eshmurodov, 17.Abdurauf Bo'riyev ( 18.Abdulla Abdullaev, 90+2), 19.Azizbek Turg'unboev ( 31.Ruslanbek Jiyanov, 61) 20.Ho'jimat Erkinov (11.Oston O'runov,81), 30.Alibek Davronov, 32.Husayn Norchaev ( 21.Igor Sergeev, 61).
Ummon: 1.Ibrohim Solih Al Muxayni, 3.Tani G'arib Al Rushaydi, 6. Ahmad Muhammad Al Xamisi, 9.Muhammad Muborak Al G'afri, 10.Jamil Salim Al Yahmadi (15.Al Mandar Rabiya Al Alavi, 78), 12.Abdulloh Favaz Bait Abdul'g'afur (31.Sulton Badar Al Marzuq, 78), 13.Amjad Abdulloh Al Xarti, 14.Ahmad Xalifa Al Kabi, 23.Xarib Jamil Al Saadi (s), 28.Nosir Sulton Al Rawahi (8.Zohir Sulaymon Al Agbari, 64), 30.Ahad Al Xabshi Al Mashaykhi (29.Musaab Xamid Al Mamari, 64).