Bugun
30
O'zbek

CAFA Nations Cup-2025. Eron Afg'onistondan ustun keldi

Futbol
29 avgust, 12:05
O'zbekiston va Tojikiston mezbonlik qilayotgan turnir start oldi.
CAFA Nations Cup-2025. Eron Afg'onistondan ustun keldi
Фото: ЎФА

Toshkent va Dushanbe mezbonlik qilayotgan «CAFA Nations Cup-2025» turnirining 1-tur uchrashuvlari start oldi.

B guruhidagi ilk uchrashuvda Eron milliy jamoasi Dushanbeda Afg'onistonga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Forslar safida gollarga Amirhossein Hosseinzadeh (dubl) va Majid Hosseini mualliflik qildi. Afg'oniston milliy jamoasining yagona goli Omid Musavi hisobiga yozildi.

Guruhning ikkinchi bahsida Tojikiston va Hindiston o'zaro to'qnash kelishadi.

CAFA Nations Cup-2025. 1-tur
29 avgust. Dushanbe
Eron – Afg'oniston 3:1
Gollar: Majid Hosseini 27, Amirhossein Hosseinzadeh 37, 63 - Omid Musavi 21

Bugungi yangiliklar