Bugun
94
O'zbek

«Bu sportning ajralmas bir qismi». Sinner tennisdagi jarohatlar haqida gapirdi

Tennis
28 oktabr, 12:33
Dunyoning birinchi raketkasi tennischilarning tez-tez jarohat olishi haqida gapirdi.
«Bu sportning ajralmas bir qismi». Sinner tennisdagi jarohatlar haqida gapirdi
Foto: Gettyimages

«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalarning besh karra chempioni, dunyoning birinchi raqamli tennischisi, italiyalik Yannik Sinner tennischilarning tez-tez jarohat olishi haqida gapirdi.

— Sizningcha, tennis tanangizni juda charchatmaydimi? Yoki to‘piq burilishi, yoki tizza qopqog‘i uchib ketishi, yoki bilak minglab tezlanishlarga bardosh bera olmasligi, yana burishlar natijasida son jarohatlanadi. Hozirgi kunda biror tennischi o‘yinni jarohat sabab davom ettira olmay, musobaqani tark etmagan birorta turnir yo‘q.
— Jarohat — sportning ajralmas qismi bo‘lib, siz aqlli bo‘lishingiz va qancha va qachon o‘ynashni tushunishingiz kerak. Uzoqni ko‘ra bilish kerak, nafaqat bugun bor, hozir ekasiz, balki hosil keyinroq pishib yetiladi. Va farq har doim omad emas, balki ish, tayyorgarlik orqali amalga oshiriladi. Omad bir ochko yutishga yordam beradi, lekin o‘yinni emas, – deya Sinnerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi La Republica.

Bugungi yangiliklar