"Brentford" klubi "Kyoln" hujumchisi Said El Mala uchun rasmiy taklif yubordi. Bu haqida Bild nashri xabar berdi.
Ingliz klubi 19 yoshli futbolchining transferiga 40 million miqdorida kafolatlangan to'lov taklif qilmoqda, shuningdek, qo'shimcha ravishda 5 million bonuslar ham ko'zda tutilgan.
Bundan tashqari, "Kyoln" futbolchining kelajakdagi sotuvdan 15 foiz ulush oladi.
"Kyoln" sport direktori Tomas Kessler El Mala bo'yicha taklif tushganini tasdiqladi. Uning so'zlariga ko'ra, taklif etilayotgan summa klubni muzokaralarga ochiq holatga keltirgan.
Ma'lum qilinishicha, "Brentford" javob berish uchun muayyan muddat belgilagan: agar yaqin kunlarda kelishuvga erishilmasa, ingliz klubi boshqa variantlarni ko'rib chiqishga o'tadi.
El Mala 2025 yilda "Kyoln" tomonidan uchinchi divizion vakili — "Viktoriya"dan 350 ming yevro evaziga xarid qilingan edi.
O'tgan mavsumda u Bundesligada 34 o'yinda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.