UFC og'ir vazn toifasi chempioni Tom Aspinal Konor Makgregor va Maks Hollouey o'rtasidagi jang uchun o'z taxminini bildirdi.
«Menimcha, Konor birinchi raundning o'zida Hollowayni nokaut qiladi. O'ylaymanki, u kuchli chap qo'l zarbasini aniq yetkazadi», — dedi Aspinal YouTube'dagi kanalida.
Eslatib o'tamiz, 12 iyulga o‘tar kechasi UFC-329 turniri doirasida Konor Makgregor va Maks Hollouey yarim o'rta vazn toifasida o‘zaro jang qiladi. Bu irlandiyalik sobiq chempion uchun 5 yillik tanaffusdan so'ng birinchi jang bo'ladi.
Aspinal Makgregor — Hollouey jangi uchun o'z prognozini bildirdi
MMA
8 iyul, 12:35
Irlandiyalik sobiq chempion 5 yillik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytadi.
Foto: Getty Images