Chili milliy jamoasi hujumchisi Aleksis Sanches faoliyatini MLSda davom ettiradi.
37 yoshli futbolchi "Monreal" klubiga erkin agent sifatida qo'shildi. Sanches yangi jamoasi bilan 2027 yilgi MLS Sprint mavsumi yakuniga qadar shartnoma imzoladi. Bitimda 2027/28 yilgi mavsum uchun shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham ko'zda tutilgan.
Bungacha Aleksis "Udinese", "Barselona", "Arsenal", "Manchester Yunayted", "Inter" va "Marsel" klublaridagi o'yinlari bilan mashhur.
Aleksis o'tgan mavsumni "Sevilya" klubida o'tkazdi. U barcha turnirlarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.