Live
2
O'zbek

Aziz Turg'unboev – "Andijon" futbolchisi

Futbol
16 fevral, 14:17
"Burgutlar" yarim himoyachisining transferini e'lon qildi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Aziz Turg'unboev – "Andijon" futbolchisi
Фото: Пахтакор ПФК

"Andijon" klubi yarim himoyachi Azizbek Turg'unboevning transferini e'lon qildi.

O'zbekiston milliy jamoasi futbolchisi "burgutlar" bilan kelishuvga erishdi. Futbolchi bunga qadar "Paxtakor" klubida to'p tepib kelayotgan edi.

Ma'lumot uchun, Turg'unboev 1994 yilda Namanganda tavallud topgan. Faoliyati davomida "Navbahor", "Paxtakor" va Turkiyaning "Sivasspor" jamoalarida o'ynagan.

Shu kunga qadar u 275 ta o'yinda maydonga tushib, 46 ta gol urgan va 20 assistni qayd etgan.

2018 yildan beri O'zbekiston milliy jamoasida o'ynab keladi. Bu vaqtga qadar 43 o'yinda 6 ta golga mualliflik qilgan. 3 karra O'zbekiston chempioni, 2 bor Superkubok sohibiga aylangan. Shuningdek, 1 marta O'zbekiston kubogiga erishgan.

Bugungi yangiliklar