Live
1
O'zbek

"Vest Ham" Eshpiritu Santuni iste'foga chiqarsa, Bilich uning o'rniga qaytishga tayyor

Futbol
4 yanvar, 07:59
Xorvatiyalik mutaxassis 2015-2017 va 2019-2020 yillarda "boltachi"larni boshqargan.
"Vest Ham" Eshpiritu Santuni iste'foga chiqarsa, Bilich uning o'rniga qaytishga tayyor
Фото: ижтимоий тармоқлар

"Vest Ham" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santuning klubdagi kelajagi shubha ostida qoldi. Jamoa kecha, 3 yanvar kuni APL 20-turi doirasida "Vulverhempton"ga (0:3) mag'lub bo'ldi va klub rahbariyati bosh murabbiyni almashtirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

talkSPORT ma'lumotiga ko'ra, londonliklar sobiq bosh murabbiyi Slaven Bilich, agar rahbariyat uni qaytarishga qaror qabul qilsa, jamoaga qaytishga tayyor. Xorvatiyalik mutaxassis 2015-2017 va 2019-2020 yillarda "boltachi"larni boshqargan. U oxirgi marta Saudiya Arabistonining "Al-Fotih" jamoasida ishlagan va 2024 yil avgust oyida iste'foga chiqqan edi.

Ma'lumot uchun, ayni paytda "Vest Ham" APLda to'qqizta uchrashuvdan beri g'alaba qozona olmagan va 18-o'rinda. Shuningdek, klubda bosh murabbiy lavozimi uchun nomzodlar orasida Maykl Kerrik ham bor.

Bugungi yangiliklar