Live
28
O'zbek

Usikning navbatdagi raqibi rasman ma’lum bo‘ldi

Boks
2 iyun, 06:19
WBC Aleksandr Usik Agit Kabayelga qarshi jang qilishini tasdiqladi.
Usikning navbatdagi raqibi rasman ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images

Butunjahon boks kengashi (WBC) prezidenti Maurisio Suleyman superog‘ir vazn toifasida amaldagi chempion Aleksandr Usikning navbatdagi raqibi germaniyalik Agit Kabayel bo‘lishini tasdiqladi.

«WBC qarori juda aniq edi. Biz Usikning ixtiyoriy himoya jangi bo‘yicha so‘rovini qabul qilgandik va bu jang bo‘lib o‘tdi.

Endi Usik uchun majburiy jang vaqtinchalik chempion Kabayelga qarshi bo‘ladi», — dedi Suleyman.

Bu haqda Sky Sports xabar berdi.

33 yoshli Agit Kabayel professional faoliyatini 2011-yilda boshlagan.

U hozirgacha professional ringda 27 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

Shuningdek, uning hisobida 19 ta nokaut mavjud.

Kabayel faoliyati davomida Derek Chisora, Arslanbek Mahmudov, Frenk Sanches va Chjan Chjiley kabi bokschilar ustidan g‘alaba qozongan.

Bugungi yangiliklar