Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) omadsizlikka uchralgan taqdirda, milliy jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel bilan hamkorlikni jahon chempionati 1/4 final bosqichidan keyinoq oldin bekor qilishi mumkin edi.
Ma’lumot uchun, germaniyalik mutaxassis bilan amaldagi kelishuv 2028-yilgacha mo‘ljallangan.
Manbaning xabar berishicha, Tuxelning o‘zi ham faoliyatini klub futbolida davom ettirishga qaror qilsa, kelishuvni muddatidan avval bekor qilishi mumkin. Biroq bunday holatda murabbiy FA’ga tovon puli to‘lab berishi kerak bo‘ladi.
Inglizlar mundialda yarimfinalgacha yetib bordi va Argentinaga imkoniyatni boy berib (1:2) qo‘ydi. Endilikda murabbiy ishdan ketishi haqiqatdan yiroq va aynan Tuxel Angliyani Yevro-2028ga tayyorlaydi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi