FourFourTwo nashri tarixdagi TOP-10 nemis futbolchilari reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatni sobiq «Bavariya» himoyachisi Frans Bekkenbauer boshqarmoqda. Ikkinchi o‘rinda Myunxen jamoasida ham o‘ynagan Gerd Myuller joylashgan bo‘lsa, TOP-3ni Lotar Matteus yakunlab berdi. Qizig‘i, u ham o‘z vaqtida «Bavariya» sharafini himoya qilgan.
To‘liq ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. Frans Bekkenbauer.
2. Gerd Myuller.
3. Lotar Matteus.
4. Filipp Lam.
5. Uve Zeyeler.
6. Gyunter Netser.
7. Manuel Noyer.
8. Miroslav Kloze.
9. Fris Valter.
10. Oliver Kan.
Ma’lumot uchun, Bekkenbauer milliy jamoa tarkibida Jahon chempionati va Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan. «Bavariya»da himoyachi 13 ta sovrinni, jumladan uch marta Yevropa chempionlar kubogini yutgan.