Live
1
O'zbek

Sunnatilla Hamidjonov ikkinchi davrani «Andijon» tarkibida o'tkazadi

Futbol
18 iyul, 05:20
«Burgutlar» futbolchini mavsum so'nggiga qadar ijaraga oldi.
Sunnatilla Hamidjonov ikkinchi davrani «Andijon» tarkibida o'tkazadi
Photo: Andijon FK

Tarkibini kuchaytirish boʻyicha seleksiyani davom ettirayotgan «Andijon» jamoasi yana bir futbolchi bilan kelishuvga erishdi.

Endilikda iqtidorli himoyachi Sunnatilla Hamidjonov ikkinchi davrada «burgutlar» sharafini himoya qiladi.

Tomonlar oʻzaro kelishuvga erishdilar va Hamidjonov mavsum oxiriga qadar «Surxon» klubidan ijaraga olindi.

Maʼlumot uchun, Hamidjonov 2001-yilning 8-yanvar sanasida Toshkentda tavallud topgan. U 2021-yilgi mavsumda «Andijon» tarkibida toʻp surgan. Shundan soʻng «Olimpik» va «Surxon» jamoalarida faoliyatini davom ettirdi.

Bu yil birinchi davrada termizliklar safida 14 ta oʻyinda maydonga tushdi va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Bugungi yangiliklar