Bugun
38
O'zbek

"Real Sosiedad" Garsiyaga da'vogarlik qilmoqda

Futbol
9 iyun, 14:51
Avvalroq ispan forwardga "Borussiya D" da'vogarlik qilayotgani xabar qilingan edi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Real Sosiedad" Garsiyaga da'vogarlik qilmoqda
Фото: Getty Images

"Real" hujumchisi Gonsalo Garsiya "Real Sosiedad"ning qiziqishlar doirasiga tushdi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "oq-havoranglar" 22 yoshli futbolchining transferiga qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq ispan forwardga "Borussiya D" da'vogarlik qilayotgani xabar qilingan edi.

Yakunlangan mavsumda Gonsalo Garsiya barcha turnirlar doirasida 39 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga sakkizta gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

"Real Sosiedad" esa La Ligada mavsumni 10-o'rinda yakunladi. Ispaniya kubogida "Atletiko"ni yengib, chempionlikni qo'lga kiritdi. Kelasi mavsumda esa Yevropa ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Real Sociedad Real Sociedad
Bugungi yangiliklar