Milan-Kortinada XXV qishki Olimpiya o'yinlari davom etmoqda.
16 fevral kuni short-trek bahslari o'zbekistonlik Daniil Yeybog ikkinchi dasturdagi ishtirokini omadli boshladi. U 500 metr masofada kechgan saralash bosqichida kvalifikatsiyadan muvaffaqiyatli o'tdi.
Endi Yeybog 18 fevral kuni medallar uchun bahs olib boradi.
O'zbekiston vakili bungacha 1500 metr masofaga kechgan bellashuvlarda ham ishtirok etib, 14-o'rinni egallagandi.