Bugun
1
O'zbek

"Paxtakor" stadioniga VAR tizimi qurilmalari o'rnatildi

Futbol
19 iyul, 08:46
Bu haqda O'ZFHM matbuot xizmati xabar berdi.
"Paxtakor" stadioniga VAR tizimi qurilmalari o'rnatildi
Фото: UzFHM

"Paxtakor" jamoasi stadioniga VAR texnikasi o'rnatildi. Bu haqda O'ZFHM matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentning tegishli qarori ijrosini ta'minlash hamda futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan VAR tizimidan foydalanish uchun maxsus texnikalarni o'rnatish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

Ma'lum qilinishicha, hozirda "Paxtakor" stadioniga VAR texnikalarini joylashtirish ishlari to'liq yakunlangan.

"Mazkur sa'y-harakatlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta'minlash, shuningdek, o'zbek futbolining xalqaro standartlarga mosligini oshirishga xizmat qiladi", — deyiladi xabarda.

Bugungi yangiliklar