Live
6
O'zbek

«Paxtakor» nazorat bahsida «Surxon»dan ustun keldi

Futbol
3 oktabr, 11:21
Bellashuvda jami 5 ta gol urildi.
«Paxtakor» nazorat bahsida «Surxon»dan ustun keldi
Фото: Сурхон ПФК

FIFA kunlari munosabati bilan «Surxon» va «Paxtakor» jamoalari nazorat uchrashuvida o‘zaro bellashdi.

«Surxon» matbuot xizmati xabar berishicha, gollarga boy kechgan bahsda poytaxtliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Termiz klubi safida Richard Friday va Mirmaksud Mirusmonov gollarga mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, «sherlar» Superliga 23-turida 9-oktyabr kuni «Bunyodkor»ni qabul qiladi. «Surxon» esa 10-oktyabr sanasida «Qizilqum» mehmoni bo‘ladi. Toshkentliklar 49 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. «Surxon» 267 ochko to‘plab, 12-pog‘onani egallagan.

Nazorat uchrashuvi
Paxtakor – Surxon 3:2
Gollar:
Richard Friday, Mirmaksud Mirusmonov.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Surxon Surxon
Bugungi yangiliklar