Live
1
O'zbek

"Mash'al" Nigeriyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Futbol
29 iyul, 08:25
U faoliyatining katta qismini Turkiyada o'tkazgan.
"Mash'al" Nigeriyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Фото: Getty Images

"Mash'al" jamoasi o‘z tarkibiga yana bir tajribali legionerni qo‘shdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Nigeriyalik yarim himoyachi Umar Aminu "gazchilar" bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

30 yoshli futbolchi Nigeriya milliy jamoasining sobiq a'zosi hisoblanadi. U o‘z faoliyati davomida Turkiyaning "Samsunspor", "Osmanlispor", "Rizespor", "Bodrum", "Bandirmaspor", "Tuzlaspor", "Beykoz Anadolu", shuningdek, Kiprning "Miracle Degirmenlik" jamoalarida to‘p surgan.

"Turkiya Superligasida 159 ta o‘yin o‘tkazgan Umar Aminu o‘zining boy tajribasi va yuqori saviyadagi o‘yinlari bilan "Mash'al" jamoasi yarim himoyasiga kuch va barqarorlik olib kirishi kutilmoqda. Uning jamoamizga qo‘shilishi yosh futbolchilar uchun ham katta maktab bo‘lishi shubhasiz. Biz Umar Aminuga yangi jamoasida muvaffaqiyatlar, jarohatlarsiz mavsum va ulkan zafarlarga erishishini tilab qolamiz", - deyiladi klub xabarida.

Avvalroq "Andijon" nigeriyalik hujumchi transferini e'lon qilgandi.

Bugungi yangiliklar