"Andijon" nigeriyalik hujumchi Ismail Akinade bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish maqsadida seleksiya ishlarini davom ettirayotgan jamoamiz yana bir yangi futbolchi bilan kelishuvga erishdi.
Tanishing: jamoamizning yangi hujumchisi – Ismail Akinade!
Ma'lumot uchun, Akinade 1994-yil 11-fevral sanasida Nigeriyada tug‘ilgan. U markaziy hujumchi pozitsiyasida harakat qiladi.
Uning so‘nggi klubi Malayziyaning "Terengganu" jamoasi hisoblanadi. Hujumchi faoliyati davomida 295 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 80 ta gol urgan va 47 ta golli uzatma amalga oshirgan", — deyiladi xabarda.
Avvalroq Synnatilla Hamidjonov ikkinchi davrani "Andijon" tarkibida o‘tkazishi ma'lum qilingandi.
