Bugun
7
O'zbek

Makgregor UFCda bo‘ladigan navbatdagi jangi qachon o‘tkazilishini ochiqladi

MMA
16 iyun, 10:05
Irlandiyalik UFC sobiq chempioni o‘zining navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Makgregor UFCda bo‘ladigan navbatdagi jangi qachon o‘tkazilishini ochiqladi
Foto: Gettyimages

UFCning sobiq yengil va yarim yengil vazn toifalari chempioni irlandiyalik Konor Makgregor o‘zining shimoliy Amerika ligasidagi navbatdagi jang sanasini e’lon qildi.

«Menda har ikki sana bo‘yicha ham shartnoma imzolangan. Navbatdagi jang 2027-yil aprel oyida bo‘ladi. Bu allaqachon hal qilingan. Bu deyarli bir yildan so‘ng sodir bo‘ladi. Menimcha, bu juda kulgili. Shartnomada bunday yozilgan edi... Men: «Voy, voh! Menga anavi la’nati shartnomani beringlar, bu ham o‘z yo‘liga yetadi. Kel, bolakay. Mak qaytdi va men bu jangda shou tashkil qilaman», - dedi Makgregor The Ariel Helwani Show efirida.

Ma’lumot uchun, Konorning navbatdagi jangi UFC 329 turnirida bo‘ladi. Uning raqibi sobiq UFCning yarim yengil vazn chempioni amerikalik Maks Xollouey bo‘ladi. Ivent 12-iyulda o‘tadi.

Bugungi yangiliklar