Fransiya poytaxti Parijda «Oltin to'p-2025» marosimi bo'lib o'tmoqda.
Asosiy sovringa qadar bir qator nominatsiyalarda eng yaxshilar aniqlanmoqda. Jumladan, yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga atalgan «Kopa Trofi» mukofoti Lamin Yamalga nasib etdi.
«Barselona»ning 18 yoshli vingeri o'tgan mavsumda klubi bilan La Liga, Ispaniya kubogi va superkubogida g'olib bo'lgandi. Chempionlar Ligasida esa yarimfinalgacha, Ispaniya milliy jamoasi bilan Millatlar Ligasida finalgacha yetib borgandi.
Ma'lumot uchun, 2024 yilda ham «Kopa Trofi» sovriniga aynan Yamal sazovor bo'lgandi.