"Manchester United" hujumchisi Mateus Kunyo APLning 20-turi doirasida "Lids"ga qarshi o'yindan (1:1) keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Oxirgi o'yindan keyin kayfiyatimiz biroz tushkun edi. Albatta, har bir uchrashuvda g'alaba qozonishni istaymiz va TOP-4 uchun kurashish imkoniyatiga ega ekanimizni yaxshi bilamiz. Shuning uchun ishlashda davom etishimiz kerak.
Durrangdan keyin bu yerga kelib o'ynash oson emasdi — bu o'yin hamma uchun qanchalik muhim ekanini bilamiz. Ammo bu yerda bir ochko olish yaxshi natija. Ular gol urgandan keyin darhol javob qaytarish juda muhim edi. Biz g'alaba uchun qo'limizdan kelganini qildik va keyingi o'yinda uch ochko qo'lga kiritishga umid qilamiz", — dedi Kunyo.
Ma'lumot uchun, ushbu uchrashuvdan so'ng "MYU"ning APLdagi ochkolari soni 31 taga etib, turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda.