Madridning «Real» klubiga Londonning «Kristal Pales» jamoasidan 21 yoshli yarimhimoyachi Adam Uorton taklif qilindi. AS nashri ma'lum qilishicha, futbolchining transferi taxminan 70 mln yevro atrofida baholanmoqda.
Shu bilan birga, «Qirollik klubi» hozirda bu yarimhimoyachiga qiziqish bildirmayapti. Futbolchining hisobida Angliya milliy jamoasi safida 3 ta o‘yin bor.
Ma'lumot uchun, Adam Uorton «Kristal Pales»da 2024 yil yozidan beri to‘p surmoqda. Ushbu mavsumda u Angliya Premer-ligasida 17 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 2 ta assist muallifi bo‘lgan. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil iyunigacha amal qiladi.