Kanadalik va serbiyalik tennischilar o‘rtasidagi Uimbldon chorakfinal uchrashuvi bu bosqichda musobaqa tarixidagi eng uzoq o‘yin bo‘ldi.
2026-yilgi Uimbldon chorak finalida dunyoning to‘rtinchi raqamli tennischisi kanadalik Feliks Auger-Aliassime bilan sakkizinchi o‘rindagi serbiyalik Novak Jokovich o‘rtasidagi bahs musobaqa tarixidagi eng uzoq chorakfinal o‘yini bo‘ldi. Uchrashuv Jokovichning 7–6 (12–10), 3–6, 6–3, 6–7 (4–7), 7–6 [10–4] hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Sportchilar maydonda 5 soat 15 daqiqa o‘tkazishdi. Novak Jokovich (39 yosh va 38 kun) Uimbldon yarimfinaliga chiqqan ikkinchi eng keksa o‘yinchi bo‘ldi. Bu uning ketma-ket sakkizinchi Uimbldon yarimfinalidir.
Keyingi bosqichda Novak Jokovich jahonning birinchi raqamli tennischisi va musobaqaning amaldagi chempioni, italiyalik Yannik Sinnerga qarshi kortga chiqadi.