Live
1
O'zbek

Islom Ahmedov "Andijon"ning vaqtinchalik bosh murabbiyiga aylandi

Futbol
14 aprel, 11:21
Murabbiylar shtabida Ahmedovga Sergey Arslanov yaqindan yordam beradi.
Islom Ahmedov "Andijon"ning vaqtinchalik bosh murabbiyiga aylandi
Фото: Андижон ПФК

"Andijon" klubi qarorgohida rahbariyat va jamoa aʼzolari oʻrtasida kun tartibidagi masala yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Klub matbuot xizmati xabariga koʻra, mahalliy mutaxassis Islom Ahmedov vaqtincha bosh murabbiy lavozimiga tayinlandi. Bungacha u murabbiylar shtabida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi. Maʼlumot uchun, Islom Ahmedov 1986 yilning 8 iyul sanasida tavallud topgan. Andijon futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi sifatida "UzDongJu", "Dinamo" (Samarqand), "Soʻgʻdiyona" va albatta "Andijon" sharafini himoya qilgan.

Foto: Andijon PFK

Murabbiy sifatida "Andijon" futbol akademiyasida koʻp yillar davomida samarali ish olib borgan.

Shuningdek, jamoa murabbiylar shtabida Ahmedovga Sergey Arslanov yaqindan yordam beradi. U 1986 yilning 6 noyabr sanasida tavallud topgan boʻlib, oʻyinchilik faoliyatini "Mashʼal", "Shoʻrtan", "UzDongJu" singari klublarda oʻtkazgan. Qolaversa, "Paxtakor", "Kuban" (Rossiya) va "Dinamo" (Kiev, Ukraina) akademiyalarida tahsil olgan. Murabbiy sifatida Qirgʻizistonning "Dordoy" klubini boshqargan. Shuningdek, yurtimizda "Surxon", "Neftchi" hamda "Soʻgʻdiyona" jamoalarida faoliyat olib borgan. Endilikda esa "Andijon"da katta murabbiy lavozimida ishlaydi.

Bundan tashqari, darvozabonlar murabbiyi sifatida bungacha U-21 jamoasida mehnat qilib kelayotgan Bekzod Turğunov ish olib boradi.

Bugungi yangiliklar