Live
11
O'zbek

Igor Sergeev — Superligada may oyining eng yaxshi futbolchisi

Futbol
17 iyun, 01:09
«Paxtakor» a'zolari oy laureatlari bo'lishdi.
Igor Sergeev — Superligada may oyining eng yaxshi futbolchisi
Foto: FC Pakhtakor

Superligada may oyining eng yaxshilari e’lon qilindi va sovrinlar «Paxtakor» a’zolariga nasib etdi.

4 ta o‘yinda 4 ta gol urgan hujumchi Igor Sergeev eng yaxshi futbolchi deb topilgan bo‘lsa, 3 ta bahsda 3 ta g‘alaba qayd etgan Kamoliddin Tojiev eng yaxshi murabbiyga aylandi.

Avvalroq eng chiroyli gol ham aniqlangan. Bu nominatsiyada «Qizilqum» (3:2) darvozasiga jarimadan gol urgan «Dinamo» yarimhimoyachisi Oybek Urmonjonov g‘olib bo‘lgandi.

Bugungi yangiliklar