Jastin Geyji UFC tarixidagi eng kuchli to'rt nafar jangchini aytdi.
37 yoshli sportchi bu borada Anderson Silva, Jon Jons, Jorj Sen-Pyer va Chak Liddellni e'tirof etdi.
25 yanvar kuni Las-Vegasda UFC 324 turniri bo'lib o'tadi. Oqshomning markaziy jangida engil vaznning vaqtinchalik chempionlik kamari uchun Geyji (27-5) va Peddi Pimblett (23-3) o'zaro to'qnash keladi.
Avvalroq Daniel Kormie MMA'ning ayni vaqtdagi eng yaxshi ikki jangchisini aytgandi.