Turkiyaning "Fenerbahche" klubi Italiya A Seriyasida to'p surayotgan ikki nafar futbolchini tarkibiga qo'shish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Insayder Nikolo Skira ma'lum qilishicha, istanbulliklar "Latsio" yarimhimoyachisi Matteo Genduzi hamda "Milan" hujumchisi Kristofer Nkunkuga qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, mazkur transferlar bo'yicha muzokaralarni klub sport direktori Devin Ozek olib bormoqda.
Ma'lumot uchun, Genduzi 2023 yildan beri "Latsio"da to'p surayotgan bo'lsa, Nkunku ushbu mavsum boshida "Chelsi"dan "Milan"ga ko'chib o'tgan. Futbolchilarning bozor qiymati mos ravishda 28 va 37 mln yevro etib baholanmoqda.