Live
1
O'zbek

"Chelsi" muxlislari klub rahbariyatiga norozilik namoyishi o'tkazadi

Futbol
4 yanvar, 07:39
Ushbu namoyish "Brentford"ga qarshi o'yinda bo'lib o'tadi.
"Chelsi" muxlislari klub rahbariyatiga norozilik namoyishi o'tkazadi
Фото: championat.com

Londonning "Chelsi" jamoasi muxlislari klub rahbariyatiga qarshi norozilik namoyishi o'tkazishni rejalashtirmoqda. Bu tadbir APL 22-turi doirasida "Brentford"ga qarshi kechadigan uy uchrashuvi vaqtida bo'lib o'tadi. Ushbu bellashuv 17 yanvar kuniga belgilangan.

Manbaga ko'ra, ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar "klubning boshqa modellari va strategiyasiga, xususan, klubning hammuassisi Bexdad Egbali va "Chelsi" sport direktorlariga qarshi norozilikka birlashaylik" degan chaqiriqni tarqatgan.

E'tiborli jihati, norozilik harakatlari yangi bosh murabbiy lavozimiga nomzodlar bilan bog'liq emas. Muxlislar o'z asosiy talablarini shunday tushuntirgan: "Rekord darajada sarflangan mablag'lar va yosh futbolchilarni jalb qilish strategiyasi o'yin darajasini yaxshilay olmadi. Muvaffaqiyatsiz, tajribasiz va doimo o'zgarib turadigan tarkib uchun mas'uliyat murabbiylar zimmasida".

Bugungi yangiliklar