Live
2
O'zbek

CAFA Nations Cup-2025. Tojikiston Hindistonga yutqazib qo‘ydi

Futbol
29 avgust, 13:42
Eron dastlabki turdan so‘ng guruhda peshqadamga aylandi.
CAFA Nations Cup-2025. Tojikiston Hindistonga yutqazib qo‘ydi
Фото: Getty Images

Toshkent va Dushanbe mezbonlik qilayotgan «CAFA Nations Cup-2025» turnirining 1-tur uchrashuvlari start oldi.

B guruhining ikkinchi uchrashuvida Tojikiston milliy jamoasi kutilmaganda Hindistonga mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuv 2:1 hisobida hindlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Mezbonlar safidagi yagona gol «Xorazm» hujumchisi Shahrom Samiev hisobiga yozildi. Rustam Soirov esa 72-daqiqada penaltidan foydalana olmadi.

Guruhning birinchi bahsida Eron milliy jamoasi Afg‘oniston ustidan g‘alaba qozongandi.

CAFA Nations Cup-2025. 1-tur
29 avgust. Dushanbe
Tojikiston – Hindiston 1:2
Gollar: Shahrom Samiev 23 – Ali 5, Chingan 13
Foydalanilmagan penalti: Rustam Soirov 72

Bugungi yangiliklar