APL 4-turi doirasida «Manchester Siti» o'z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qilib yirik hisobda (3:0) zafar quchdi. Derbidan keyin «shaharliklar» ustozı Pep Gvardiola Abduqodir Husanovning o'ng qanot himoyasida o'ynay boshlagani haqida fikrini bildirdi.
«Kelgusi o'n bir oy davomida biz deyarli har uch kunda maydonga tushishimizga to'g'ri keladi. Agar siz Husanovning har bir o'yinda o'ng qanot himoyachi pozitsiyasida maydonga tushadi deb o'ylasangiz, aytaman – bunga hech kim qodir emas. Bizga yana futbolchilar kerak bo'ladi.
Ammo men Husanovning jismoniy ko'rsatkichlarini yaxshi bilaman — u hali yosh, yana o'rganishi, o'sishi kerak. U juda tezkor! Bugun yangi vazifasida o'ng qanotni juda yaxshi yopdi. U toza o'ynaydi, to'pni deyarli yo'qotmaydi.
Ba'zan uning ortiqcha energiyasi noto'g'ri qaror qabul qilishiga olib keladi. U kelganidan buyon ko'p suhbatlashamiz. Bu kichik kamchilikni to'g'irlamoq – vaqt masalasi, xolos.
Uning tezligi ajoyib, u doimo hushyorlik bilan o'ynadi. U bugungi derbida juda, juda yaxshi o'yin namoyish qildi», - deya Gvardiolaning matbuot anjumanidagi so'zlarini keltiradi City Report.
Eslatib o'tamiz, Abduqodir Husonov «MYu»ga qarshi o'yinning 1-bo'limida jamoasining eng yaxshi uch futbolchisidan biri bo'ldi.