Live
1
O'zbek

«Brayton» Balebani sotishni rejalashtirmayapti — manba

Futbol
4 yanvar, 09:25
22 yoshli kamerunlikka «Liverpul», «MYu» va «Tottenhem» qiziqish bildirmoqda.
«Brayton» Balebani sotishni rejalashtirmayapti — manba
Фото: championat.com

«Brayton» klubi rahbariyati yarimhimoyachi Karlos Baleba bilan xayrlashish niyati yo'qligini ma'lum qildi. Bu haqda klub direktorlar kengashi raisi Pol Barber aytib o'tdi.

«Bizga «Manchester Yunayted» bilan bog'liq biror kimsadan qo'ng'iroq bo'lmadi. Karlos bilan bu transfer oynasida ham, kelajakda ham xayrlashish bo'yicha na rejamiz, na istagimiz bor.

U iqtidorli futbolchi ekanini bilamiz va oldinda uning imkoniyatlari katta. Hozir esa u mavsumning ikkinchi qismida jamoamiz uchun juda muhim hisoblanadi. Uning Afrika millatlar kubogidan qaytishini intiqlik bilan kutyapmiz», — dedi Barber talkSPORT’ga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, avvalroq «Liverpul» ham Baleba uchun kurashga qo'shilgani, shuningdek, futbolchiga «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» ham qiziqish bildirilayotganini xabar qilingan edi. Baleba «Brayton» safida 2023 yil yozidan buyon to'p surib kelmoqda. U shu paytga qadar barcha musobaqalarda 96 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo'lgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 60 mln yevroni tashkil etadi.

Bugungi yangiliklar