Bugun
12
O'zbek

Arab kubogi. Qatar Suriyaga qarshi bahsda g'alabani boy berdi, Falastindan kambek

Futbol
4 dekabr, 14:50
Mezbonlar guruhda qolib ketishga yaqin.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Arab kubogi. Qatar Suriyaga qarshi bahsda g'alabani boy berdi, Falastindan kambek
Foto: Getty Images
04.12.2025 FT Arab Cup Falastin Falastin 2 : 2 Tunis Tunis

Qatarda o'tayotgan arab mamlakatlari kubogida 2-tur bahslari boshlandi.

A guruhida mezbon Qatar (1) Suriyadan (4) 90-daqiqada to'p o'tkazib, g'alabani qo'ldan chiqardi.

Falastin (4) esa Tunisga (1) qarshi o'yinda kambek amalga oshirib, ikki to'p farqidagi mag'lubiyatdan qutulib qoldi.

Eslatib o'tamiz, 1-turda Falastin kutilmaganda mezbonlarni mag'lub etgan, Suriya esa Tunisdan ustun kelgandi.

Arab kubogi. 2-tur. 4 dekabr
Qatar — Suriya 1:1
Gollar: Alaa (77) — Harbin (90).

Falastin — Tunis 2:2
Gollar: Hamdan (61), Qanbar (85) — Layuni (16), Shauat (51).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Falastin Falastin
  • Tunis Tunis
  • Arab Cup Arab Cup
Bugungi yangiliklar