Igor Tudor «Tottenhem»ni boshqarishga tayyor. Bu haqda insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, sobiq «Yuventus» bosh murabbiyi londonliklarga jamoani shu yilning iyunigacha boshqarishga roziligini bildirgan. Avvalroq xorvatiyalik mutaxassis mavsum oxirigacha jamoani qabul qilib olishi mumkinligi, Tomas Frank iste’foga chiqarilgach, aynan u asosiy nomzodlardan biri ekani xabar qilingandi.
Romano ma’lumotiga ko‘ra, yozgi davr uchun ikki asosiy nomzod ko‘rib chiqilmoqda — Roberto De Zerbi va Mauricio Pochettino.
Ayni paytda «Tottenhem» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda. Jamoa 26 bahsda 29 ochko jamg‘argan. Qizil chiziqdan farq besh ochkoni tashkil etadi.